---
Mumkin bo'lgan nosozliklarni bartaraf etish
Kuygan plastmassa yoki rezina hidi. Mumkin bo'gan sabablar: qurilma
dvigateli korpus ichida shovqin va tebranishni kamaytirish uchun rezinadan
tayyorlangan barqaror materiallar ostida joylashgan. Dastlabki bir necha marta
ishga tushirganda qurilma detallari qiziydi va yoqimsiz hid chiqaradi.
Keyinchalik hid yo'qoladi. Muammoni hal qilish uchun yechim: blenderni yaxshi
shamollatib turadigan honaga o'rnatish kerak.
Mahsulotlar yaxshi maydalanmayapti. Mumkin bo'lgan sabablar: tarmoqda
quvvat kuchlanishi pasaygan; kosada mahsulotlar juda kam yoki juda ko'p;
kosada suv juda kam. Muammoni hal qilish uchun yechim: vilkani quvvat
kuchlanishi 220 Voltdan kam bo'magan rozetkaga qo'shing, kuchlanish
stabilizatoridan foydalaning; kosaning ichida me'yoridan ortiq bo'lgan
mahsulotlarni oling yoki unda suv qo'shing.
Suyuqlik blender kosasida to'lib toshib ketmoqda. Mumkin bo'gan sabablar:
juda ko'p suyuqlik. Muammoni hal qilish uchun yechim: suyuqlik miqdori
qo'llanmada ko'rsatilganidek maksimal darajadan oshmasligi kerak.
E1 va E2 xatolari. Mumkin bo'gan sabablar: katta qopqoq va (yoki) blender
kosasi noto'gri, qiyshiq o'rnatilgan. Muammoni hal qilish uchun yechim: katta
qopqoqni va (yoki) blender kosasini chiqarib oling va ularni qayta o'rnating.
E3 xatosi. Mumkin bo'lgan sabablar: kosada suyuqlik va (yoki) mahsulot yo'q,
harorat datchiklari qurilmani haddan tashqari qizib ketganligi sababli o'chirib
qo'yadi. Muammoni hal qilish uchun yechim: kosaga suyuqlik yoki mahsulot
soling.
144
«CLEANING»
Ishlash vaqti
Tozalash
sekundlarda
aeno.com/documents