ESLATMA. Katta qopqoqni ochsangiz, qurilma darhol ishlamay qoladi. Blender
ishlayotgan paytda uning ichiga oz miqdorda mahsulot yoki ziravorlarni
qo'shish kerak bo'lsa, buning uchun kichik qopqoqni ochishingiz mumkin.
Ziravorlar va boshqa mahsulotlar miqdorini dozalash uchun o'lchovli
stakandan
foydalaning. aeno.com/documents saytida qo'llanmaning to'liq
versiyasida turli xil taomlarni tayyorlash usulini (reseptini) topishingiz mumkin.
Qurilma quvvatni nazorat qilish rejimiga o'tadi. Kutish rejimiga o'tish uchun
«ON/OFF» (Ishga tushirish/To'xtatish) tugmasini bosing. «FUNCTION» (Dasturni
tanlash) tugmasini bosib blenderning oltita ishlash dasturini tanlang. Keyin
"Ishga tushirish/To'xtatish" tugmasini bosing (agar siz tugmani 30 sekund
davomida bosmasangiz, blender kutish rejimiga o'tadi). Keyin tanlangan
dastur ishga tushadi. Dasturning ishlash vaqti tabloda
daqiqa va
sekundlarda
ko'rsatiladi.
Ishlatishni
tugatgandan
so'ng
"Ishga
tushirish/To'xtatish" tugmasini bosing va qurilmani rozetkadan o'chiring.
ESLATMA. Maksimal uzluksiz ishlash muddati - 5 tsikl. Agar uzoqroq ishlatilsa,
dvigatel avtomatik ravishda bloklanadi. Ishni davom ettirish uchun siz
qurilmani elektr tarmog'idan uzishingiz, idishni olib tashlashingiz va 10
daqiqadan ko'proq kutishingiz kerak. Bu vaqtdan so'ng, qurilma qayta ishga
tayyor bo'ladi.
Shuningdek, siz kechiktirilgan ishga tushirish rejimini yoqib qo'yishingiz
mumkin. Buning uchun kutish rejimida, avval dasturni ishga tushirishdan oldin
kerakli vaqtni belgilashingiz kerak. Vaqtni belgilash uchun avval «PRESET
TIME» (Vaqtni belgilash) tugmasini bosing. Ushbu tugmasni har bosishda
blenderning ishga tushish vaqtini 30 daqiqaga oshiradi. Keyin "FUNCTION"
tugmasi bilan kerakli dasturni tanlashingiz kerak va undan keyin "ON / OFF"
tugmasini bosing. Blender belgilangan vaqtdan so'ng o'zi ishlashni boshlaydi,
tanlangan dasturni ishga tushiradi va keyin kutish rejimiga o'tadi.
ESLATMA. Agar siz qurilmani ishga tushirishdan oldin vaqtni belgilashda xatolikka
yo'l qo'ysangiz, ON/OFF tugmasi bilan sozlamani bekor qilishingiz mumkin.
142
aeno.com/documents