Télécharger Imprimer la page

AENO EG1 Mode D'emploi page 119

Publicité

Les langues disponibles
  • FR

Les langues disponibles

  • FRANÇAIS, page 38
suvga yoki boshqa suyuqliklarga solmang. Agar gril suvga tushib ketgan bo'lsa,
avval uni rozetkadan o'chiring va undan keyin grilni qo'lingizga qo'lqop kiyib
suvdan oling. Agar gril yoki uning quvvat shnuri shikastlangan bo'lsa, uni aslo
ishlatmang. Moslamani o'zingiz ta'mirlashga urinmang. Grilni doimo issiqqa
chidamli asosga ega bo'lgan tekis va mustahkam yuzaga va yaxshi shamollanib
turadigan joyga qo'ying. Agar gril ichida haddan ortiq pishiriladigan mahsulot
bo'lsa va uni yopish qiyin bo'lsa, uni kuch bilan yopishga harakat qilmang. Bu
harakat qurilmaga ziyon yetkazishi mumkin. Yong'in xavfini oldini olish uchun
hech qachon moslama ishlayotgan paytda uni qarovsiz qoldirmang. Grilni
elektr tarmog'iga ulashdan oldin u yopiq bo'lishi kerak: korpusning qopqog'i ❷
pastka tushirilgan. Pishirib bo'lgandan keyin tayyor ovqatni yog'och yoki
issiqlikka chidamli kapkir bilan oling. Pishgan ovqatni olib tashlash uchun o'tkir
vilka yoki pichoqni ishlatmang, chunki bu yopishmaydigan qoplamaga zarar
etkazishi mumkin.
Grilni ishga tushirish uchun tayyorgarlik ko'rish
Grilini o'rovdan ochib oling va kabelni tortib yozing, faqat vilkani rozetkaga
ulamang. Yog'ni yig'ib oladigan poddon (taglik) ❽ gril korpusi poydevorining
❺ orqa tomonidagi (a rasmga qarang) taglikka ❾ o'rnatilganiga ishonch hosil
qiling (b rasmga qarang). Uni yechib olish uchun ustki olinadigan panelidagi
❼ fiksatorning ❹ yuqorigi tugmasini bosing, keyin esa fiksatorning ❹ pastki
tugmasi yordamida pastki olinadigan panelni ❻ yuqoriga ko'targan holda
yechib oling. Grilning olinadigan panelini iliq sovun suvda yuving, keyin esa
yumshoq latta bilan quruq qilib artib qo'ying. Ushbu qismlar idishlarni yuvish
mashinasida ham yuvilishi mumkin. Har bir pishirishdan keyin panellarni yuvib
va quriq qilib artib qo'ying. Ishlatishdan oldin, grilning yuqori va pastki
panellarini qaytib joyiga qo'ying. Grilni tekis, mustahkam va issiqlikka chidamli
yuzaga qo'ying.
aeno.com/documents
119

Publicité

loading

Produits Connexes pour AENO EG1

Ce manuel est également adapté pour:

Eg1-ukAeg0001Aeg0001-uk