UZB
AENO EG1, EG1-UK elektr grili turli xil go'sht va baliq ovqatlarini tayyorlash
uchun mo'ljallangan.
Texnik xususiyatlari
Quvvat kuchlanishi: AC220–240 V; chastotasi (tebranish vaqti): 50-60 Gst.
Quvvati: 2000.0 Vt. Ishlaydigan yuzaning (sirtning) o'lchami (Diametri x Eni):
320 mm x 220 mm. Olinadigan panellarning ishchi harorati: 80-230 °C. Ochilish
burchagi: 40°-130° (erkin ochilishi), 180 ° (to'liq ochilishi). 15 mm qalinlikdagi
steykni pishirish vaqti: 5 min. Yog'ni yig'ib oladigan poddon (taglik): plastikli.
Olinadigan panellar: ikkitomonlama. Og'irligi: 5,08 kg.
Yetkazib berilgan mahsulotning to'plami
AENO grili, olinadigan panellar (2 dona), yog'ni yig'ib olish uchun poddon
(taglik), qisqa qo'llanma, kafolat taloni.
Cheklovlar va ogohlantirishlar
Bolalar va imkoniyati cheklangan shaxslar grildan faqat kattalar va tajribali
odamlar nazorati ostida foydalanishlari mumkin. Grilni bolalarning qo'llari
yetmaydigan joyda saqlang. Grilning ishlash vaqtida uning korpusi yuqori
haroratgacha qiziydi, mahsulotlardan issiq bug' chiqadi va yog' sachraydi. Gril
korpusining qopqog'ini ❷ ko'tarish uchun faqat tutqichni ❶ ushlab ko'taring
(a rasmga qarang). Gril korpusi ❺ poydevorining ishidagi taglikda ❾ yog'ni
yig'ib oladigan plastikli poddon (taglik) ❽ bor (b rasmga qarang): agar
poddonda (taglikda) yog' yig'ilib qolgan bo'lsa, gril korpusini ehtiyotkorlik bilan
harakatlantiring. Qurilma sovumagancha gril korpusi pordevoridan poddonni
(taglikni) chiqarib olmang. Gril ishlayotgan paytda uning korpusini qo'lingiz
bilan ushlamang, uni ushlash uchun qo'lingizga issiqlik o'tkazmaydigan
qo'lqop kiyib oling. Grilni ochiq havoda ishlatmang, uni issiqdan, to'g'ridan-
to'g'ri quyosh nurlaridan, ochiq olovdan yoki yuqori namlikdan uzoqroq joyda
saqlang
va
hech
qachon
nam
qo'llar
bilan
ushlamang.
Grilni
ishlatmaganingizda har doim vilkani rozetkadan chiqarib qo'ying. Moslamani
118
aeno.com/documents