Télécharger Imprimer la page

Philips Sonicare Cordless Power Flosser Serie Instructions page 62

Publicité

Professionallar uchun batareyani chiqarib olish
koʻrsatmalari – Sonicare Cordless Power Flosser seriyasi
Jihoz tashlab yuborilayotgan paytda, uning oʻrnatilgan,
qayta quvvatlanadigan batareyasi faqat malakali
mutaxassis tomonidan ajratib olinishi lozim. Batareyani
chiqarib olishdan avval batareya toʻliq boʻshligini
tekshiring.
Jihozni ochish uchun asboblardan foydalanishda
va quvvatlanadigan batareyalarni chiqindiga
tashlashda barcha kerakli xavfsizlik choralarini
koʻring. Koʻzingiz, qoʻllaringiz, barmoqlaringiz va
siz ishlayotgan yuza himoyalanganiga ishonch
hosil qiling.
Batareyani qoʻlga olganingizda, qoʻllaringiz,
mahsulot va batareyalar quruq ekanligiga ishonch
hosil qiling.
Batareyani ajratib olgandan soʻng, qisqa tutashuv
sodir boʻlmasligi uchun batareya klemmalariga
metall buyumlar (masalan, tanga, soch qadagich,
uzuk) teginishiga yoʻl qoʻymang. Batareyalarni
zarqogʻozga oʻramang. Batareyani chiqindiga
tashlashdan avval, uning klemmalarini skotch
bilan oʻrang yoki batareyani paketga soling.
Qayta quvvatlanadigan batareyani chiqarib olish uchun
sizga bir juft oʻtkir jagʻli ombur/qaychi, yassi uchli
(standart) va xochsimon uchli buragich kerak boʻladi.
1 Qayta quvvatlanadigan batareyani toʻliq
quvvatsizlantirish uchun quvvatlash kabelini Cordless
Power Flosser orqa qismidan uzing, qurilmani yoqing
va uni toʻxtagunga qadar ishlashga qoldiring. Bu
bosqichni qurilma yoqilmay qolguncha takrorlang.
2 Uchlikni chiqaring va tashlab yuboring. Uchlikni
chiqarib olish uchun uchlik fiksator tugmasini bosing
va uchlikni dastadan torting.
65
O'zbek

Publicité

loading