UZB
AENO cho'ktirilgan Su-vid go'sht, baliq va sabzavotli taomni past
haroratda pishirish usuli bilan tayyorlash uchun mo'ljallangan.
Model: ASV0001 (Rozetka turi E/F), ASV0001-UK (Rozetka turi G).
Xususiyatlar
Quvvat kuchlanishi: 220–240 V; chastotasi: 50/60 Gts. Quvvati: 1200,0 Vt
Boshqarish turi: sensorli. Haroratni sozlash diapazoni (oralig'i): 20–95 °C (68–
203 °F). Sozlash bosqichi: 0,5 °C/0,1 °F. Taymerni sozlash diapazoni (oralig'i): 100
soatgacha, sozlash bosqichi – 1 daqiqa. Suv sathi, harorat, qizib ketishdan
himoya qilish uchun datchiklar. Ishlatish shartlari: harorati – 0–100 °C, namligi
20–90 %. Saqlash shartlari: harorati – 0–40 °C, namligi 20–90 %. Yig'ilgan holda
saqlash tavsiya etiladi. Himoya darajasi: IPX7.
Yetkazib berilgan mahsulot to'plamining tarkibi
Su-vid AENO, foydalanish uchun tezkor qo'llanma, kafolat taloni.
DIQQAT! Taomni pishirish uchun to'plam tarkibiga kirmaydigan vakuumli
upakovka va vakuumli paketlar kerak bo'ladi.
Cheklovlar va ogohlantirishlar
Qurilmani ishlatishdan oldin elektr ta'minoti parametrlari uning texnik
xususiyatlariga mos kelishiga ishonch hosil qiling. Agar qurilmaning quvvat
shnuri
va/yoki
vilkasi
shikastlangan
bo'lsa,
unda
uni
ishlatmang.
Uzaytirgichdan foydalanmang. Ishlayotgan qurilmani qarovsiz qoldirmang.
xIshlatilgandan keyin va tozalash paytida uni tarmoqdan uzing. Qurilmani
suvdan boshqa hech qanday suyuqlik yoki suyuq ovqatni isitish uchun
ishlatmang. Qurilmaning tok o'tkazuvchi qismlariga suv tegishiga yo'l qo'ymang.
Qurilmani faqat po'latdan yasalgan shisha (2) bilan suvga (kran, ichimlik yoki
distillangan suv) cho'ktirilgan holda ishlating. Uni ishlatayotgan paytda suv sathini
qurilmadagi "MIN" va "MAX" belgilari o'rtasida ushlab turing. Pishirish uchun
mo'ljallangan idishini tekis, mustahkam, issiqqa chidamli yuzaga qo'ying. Plitani
qo'shimcha issiqlik manbai sifatida ishlatmang.
aeno.com/documents
98