Agar kerak bo'lsa, belgilangan haroratni sozlash uchun sozlash tugmasini (6)
bosing. "+" (8) va "-" (9) tugmalari yordamida haroratni sozlang.
Pishirish vaqtini sozlash uchun sozlash tugmasini takroran bosing.
"+" (8) va "-" (9) tugmalaridan foydalanib, kerakli soat sonini belgilang, so'ng
sozlash tugmasini (6) yana bir bor bosing va daqiqalar sonini belgilash uchun
"+" (8) va "-" (9) tugmalaridan foydalaning. Ulash (yoqish) tugmasini (5)
takroran bosing.
ESLATMA: °C ni °F ga o'zgartirish uchun sozlash tugmasini (6) 2 soniya bosib turing.
Qurilma ishlay boshlaydi. Dasturlashtirilgan haroratga yetganda, qayta sanash
taymeri boshlanadi. Vaqt va harorat ko'rsatkichlari displeyda (10) navbat bilan
ko'rsatiladi.
ESLATMA: pishirish vaqti mahsulotlarning qalinligiga bog'liq, muzlatilgan
mahsulotlar uchun esa ikki baravar ko'payadi.
Belgilangan vaqt o'tgach, qurilma ovozli signal beradi. Qurilmani o'chiring,
tarmoqdan uzing. Qurilmaning to'liq sovishini kuting va uni yumshoq mato
bilan artib oling.
Vaqtni sozlash va mahsulotni parvarish qilish bo'yicha batafsil maslahat olish
uchun aeno.com/documents saytida qo'llanmaning to'liq taxririni ko'ring.
DIQQAT! Agar siz qurilmani suvsiz ishga tushirishga harakat qilsangiz,
displeyda E03 xatosi ko'rsatiladi va ovozli signal eshitiladi. Qurilma yoqilmaydi.
Pishirishning avtomatik rejimlaridan foydalanish
Turli mahsulotlardan taom tayyorlash uchun avtomatik dasturlar mavjud. Har
bir dastur tanlangan taomga qarab harorat va pishirish vaqtining optimal
kombinatsiyasini ifodalaydi. Avtomatik dastur quyidagicha tanlanadi:
Ovqat pishirish dasturini tanlash tugmasini (7) 3 soniya bosib turing.
Belgilangan vaqt va harorat ko'rsatkichlari displeyning yuqori qismida,
dastur raqami esa pastda ko'rsatiladi.
aeno.com/documents
100