Télécharger Imprimer la page

Sinbo SSI 2876 Mode D'emploi page 58

Publicité

Les langues disponibles
  • FR

Les langues disponibles

  • FRANÇAIS, page 14
UZBEK
SINBO SSI 2876 BUG'LI DAZMOL
FOYDALANISH YO'RIQNOMASI
AC230V 50Hz 2600W
MUHIM XAVFSIZLIK CHORALARI
Dazmolingizdan foydalanganda, doimo quyidagi asosiy ehtiyot choralariga rioya qilish kerak,
jumladan quyidagi choralar:
FOYDALANISHDAN AVVAL BARCHA YO'L-YO'RIQLARNI O'QIB CHIQING
1. Dazmoldan faqat uning maqsadiga ko'ra foydalaning.
2. Elektr toki urishi xavfidan himoyalash uchun, dazmolni suvga yoki boshqa suyuqliklarga
botirmang.
3. Dazmol tarmoqqa ulashdan avval yoki undan o'chirishdan avval doimo "min" holatida bo'lishi
lozim. Hech qachon tarmoqdan ajratish uchun simni tortmang, uni vilkasidan ushlab ajrating.
4. Simning issiq yuzalarga tegishiga yo'l qo'ymang. Dazmolni olib qo'yishdan avval uning to'liq
sovishini kuting. Saqlashda simni dazmolning atrofida qattiq o'ramang.
5. Doimo dazmolni suvga to'ldirish yoki bo'shatish paytida, ishlatilmaganda uni tarmoqdan
o'chiring.
6. Simi shikastlangan yoki yerga tushib ketgan, shikastlangan dazmoldan foydalanmang. Elektr
toki urishi xavfi bo'limasligi uchun, dazmolni qismlarga ajratmang. Uni tekshirish va ta'mirlash
uchun malakali mutaxassisga topshiring. Noto'g'ri yig'ish dazmoldan foydalanganda elektr toki
urishi xavfiga sabab bo'ladi.
7. Har qanday buyum foydalanilganda yoki bolalar yonida bo'lganda qarovsiz qolmasligi lozim.
Dazmolni tarmoqqa ulanganda yoki dazmol taxtasi ustida qarovsiz qoldirmang.
8. Qizigan metall detallar, issiq suv yoki bug' tekkanda kuyishga olib kelishi mumkin. Bug'li
dazmolni yoqish va aylantirish paytida ehtiyot bo'ling – idishida issiq suv bo'lishi mumkin.
9. Agar nosozlik indikatori yonib tursa, dazmol normal ishlamaydi. Uni tarmoqdan o'chiring va
dazmolga malakali servis xodimi xizmat ko'rsatishi uchun topshiring.
10. Dazmolni mustahkam yuza ustida qo'yish va ishlatish lozim.
11. Dazmol tushib ketgan bo'lsa, ko'rinib turgan shikastlanishi bo'lsa yoki oqib ketishi mavjud
bo'lsa, undan foydalanmang.
12. Ushbu buyum jismoniy, sezgi yoki aqliy qobiliyati cheklangan shaxslar (jumladan bolalar),
yoki bilimi yoki tajribasi yetmaganlar tomonidan foydalanish uchun mo'ljallanmagan, agar ular
o'z xavfsizligi uchun mas'ul shaxsning nazorati ostida bo'lmasa yoki buyumdan foydalanishga
oid yo'l-yo'riqdan o'tgan bo'lmasa.
13. Bolalar ushbu buyum bilan o'ynamasligi uchun qarovsiz qolmasligi lozim.
14. Dazmol ta'minot tarmog'iga ulanganda qarovsiz qolmasligi lozim;
15. Suvning idishini suvga to'ldirishdan avval vilkani tarmoqdan olib tashlash kerak;
16. Dazmolni taglikka qo'yganda, uning tagligi joylashgan yuzasi mustahkamligiga ishonch hosil
qiling;
17. Dazmol tushib ketgan bo'lsa, ko'rinib turgan shikastlanishi bo'lsa yoki oqib ketishi mavjud
bo'lsa, undan foydalanmang.
18. Ta'minot simi shikastlansa, ishlab chiqaruvchi, uning servis agenti yoki tegishli malakali
xodim tomonidan almashtirilishi lozim.
FOYDALANISH EHTIYOT CHORALARI
1. Tarmoqqa katta yuklanish tushmasligi uchun, shu zanjirda katta nominal kuchi bo'lgan
buyumlarni ishlatmang.
- 57 -

Publicité

loading