oʻrnatish uchun shamollatish teshigiga
ega yuqori moʻridan foydalaning.
Mahsulotning mahkamlovchi
qismlarni yigʻish (5-6-7-rasmlar)
Mahsulotingiz juft moʻri listini yigʻish
namunasi boʻyicha tasvirlangan.
• Pishirish panelini markazga joylashtiring
va devorga vertikal oʻq chizigʻini chizing.
• Pishirish panelingizning yuqori qismidan
650 mm uzunlikdagi gorizontal oʻlchov
chizigʻini chizing. (5-rasm)
• Mahsulot bilan birga berilgan maketni
oʻzingiz chizgan chiziq nuqtasi markaziga
joylashtiring, devorga yopishtiring va
maketdagi teshiklarni qalam bilan
belgilang. (6-rasm)
• Mebel yoki shiftning yuqori qismida
6-rasmda koʻrsatilgan oʻlchamlarga
muvofiq moʻrini mahkamlash qismlari
uchun teshiklarni belgilang.
• 7-rasmda koʻrsatilganidek, dudboʻronni
mahkamlash qismlarini va moʻrini
mahkamlash qismlarini devorga
mahkamlang.
Dudboʻronni osib qoʻyish, tekislash
va mahkamlash (8-9-10-11-rasmlar)
• Dudboʻronni oʻzingiz devorga oʻrnatgan
dudboʻronni mahkamlash qismiga osib
qoʻying. (8-rasm)
• Mahkamlash qismlaridagi dudboʻronni
chapga va oʻngga siljitish orqali pishirish
panelingizni markazga tekislang. (9-rasm)
• 10-rasmda koʻrsatilganidek,
dudboʻronning shisha qopqogʻini oching
va alyuminiy filtrni ajratib oling.
• 11-rasmda koʻrsatilganidek, shisha
qopqoq ochiq holatda dudboʻronni
mahkamlash qismiga mahkamlang.
• Alyuminiy filtrni joyiga oʻrnating va
dudboʻronning shisha qopqogʻini yoping.
Moʻrining chiqarish quvurinig
oʻrnatish (12-rasm)
• 12-rasmda koʻrsatilganidek, moʻri
chiqishiga havo oqimining orqaga
qaytishining oldini oladigan qopqoqni
joylashtiring.
• Agar moʻrining ulash quvuri diametri 150
mm boʻlsa, moʻrining chiqarish quvurini
qopqoq ustiga qoʻying
• Agar moʻrining ulash quvuri diametri 120
mm boʻlsa; Ulash adapterini qopqoqqa
joylashtirgandan keyin moʻrining chiqarish
quvurini joylashtiring.
70
• Ulanish nuqtalarini toʻgʻri izolyatsiya qiling.
Moʻri listlarini mahkamlash
(13-14-rasmlar)
• Agar moʻrining ulash quvuri diametri
120 mm boʻlsa; Taqdim etilgan tasmani
ulash adapteri va havo chiqishi teshigi
qoʻshilgan joy atrofiga yopishtiring. (13-
rasm)
• Yuqori moʻri listini yuqori moʻrini
mahkamlash qismiga egri yon
tomonlardagi 2 ta burama mix bilan
mahkamlang. (13-rasm)
• Quyi moʻri listini quyi moʻrini mahkamlash
qismiga tomonlardagi egri yon
tomonlardagi 2 ta burama mix bilan
mahkamlang. (14-rasm)
• Dudboʻrondagi pastki teshik doiralarga
2 burama mix bilan pastki moʻri listini
mahkamlash orqali oʻrnatishni yakunlang.
(14-rasm)
Koʻmirli filtr qurilmasi (15-rasm)
• Koʻmirli filtr qurilmasida muhitdan
soʻrilgan havo alyuminiy filtr orqali oʻtadi
va hidlardan tozalanadi. Koʻmirli filtrlar
va havo yoʻnaltirgichdan oʻtgandan keyin
u moʻrining yon yuzasida joylashgan
shamollatish panjaralari orqali muhitga
qaytariladi. Koʻmirli filtr qurilmasida
moʻrining chiqarish quvurlari ishlatilmaydi.
• Koʻmirli filtrlarni oʻrnatish uchun
dudboʻronning shisha qopqogʻini ochib,
alyuminiy filtrni yechib olgach, koʻmirli
filtrlardagi tutqich uyalarini 15-rasmda
koʻrsatilgani kabi motor tashuvchisidagi
tutqichlarga joylashtiring va ularni joyiga
makhamlash uchun soat yoʻnalishi
boʻyicha aylantiring.
• 14-rasmda koʻrsatilgani kabi alyuminiy
filtrni oʻrnating va moʻri plitalarini
mahkamlang.
• Agar yogʻ filtrlari muntazam tozalanmasa
va texnik xizmat koʻrsatilmasa va koʻmirli
filtr foydalanish muddati tugaganda
(taxminan 4 oy) almashtirilmasa, yongʻin
yuzaga kelishi mumkin.
Oxirgi tekshirish
• Dudboʻroningiz va uning chirogʻini
foydalanuvchi qoʻllanmasida
tasvirlanganidek ishlatib boshqaring.