Jihozni ta'minot tarmog'idan uzganda tarmoq shnuridan ushlab tortmang, faqat vilkadan ushlab torting.
Jihozni o'zingizcha ta'mirlashga urinmang. Nosozliklar yuzaga kelgan hollarda yaningizdagi xizmat ko'rsatish markaziga murojaat qiling.
Tavsiya qilinmagan qo'shimcha asboblardan foydalanish xavfli bo'lishi va jihozning shikastlanishiga olib kelishi mumkin.
Doimo tozalashdan avval va undan foydalanmaydigan bo'lsangiz, jihozni elektr tarmog'idan uzib qo'ying.
DIQQAT: Vanna, rakovina yoki suv to'ldirilgan boshqa sig'imlar yaqinida foydalanmang.
Elektr toki urishi va yong'in chiqishining oldini olish uchun jihozni suvga yoki boshqa suyuqliklarga botirmang. Agar shunday holat yuz bergan bo'lsa, uni darhol elektr tarmog'idan uzing va tekshirish uchun
xizmat ko'rsatish markaziga murojaat qiling.
Jihoz jismoniy va ruhiy cheklanishlarga ega bo'lgan (jumladan bolalar), ushbu jihoz bilan ishlash tajribasiga ega bo'lmagan kishilar tomonidan foydalanish uchun mo'ljallanmagan. Bunday holatlarda
foydalanuvchiga uning xavfsizligi uchun javobgar shaxs tomonidan avvaldan ko'rsatmalar berilishi kerak.
Ortiqcha qizib ketgan hollarda jihoz avtomatik ravishda o'chadi. Bunday hollarda o'chirg'ichni o'chirish holatiga o'tkazing, jihozni tarmoqdan uzing va uning to'liq sovushini kuting. Jihozni qaytadan
yoqishdan avval uning tirqishlari sochlar, chang kabilar bilan to'lib qolmaganligiga ishonch hosil qiling.
Fendan vannaxonalar va boshqa suv manbalari yaqinida foydalanmang, chunki bunday hollarda elektr toki urishi xavfi mavjud bo'ladi.
Ishlayotgan vaqtda konsentrator qiziydi, ehtiyot bo'ling, issiq yuzalarga tegmang.
Havo olish tirqishlariga sochlar, chang yoki yunglarning tushmasligini kuzatib boring.
To'silib qolgan havo olish va havo chiqarish tirqishlari jihozning ortiqcha qizib ketishiga sabab bo'lishi ham mumkin.
TOZALASH VA QAROV
Tozalashdan avval jihozni ta'minot tarmog'idan uzing va uni to'liq sovuting.
Fen korpusining tashqi yuzasini yumshoq nam latta bilan arting.
Konsentratorni oling va isiq sovunli suvda yuving.
Abraziv tozalash vositalaridan foydalanmang.
SAQLASH
Fenni to'liq sovuting, jihoz korpusida nam qolmaganligiga ishonch hosil qiling.
Jihozni salqin, quruq joyda saqlang.
TEXNIK XUSUSIYATLARI
KAFOLAT ISHLATILUVCHI MATERIALLARGA (FILTRLAR, SOPOL VA KUYISHGA QARSHI QOPLAMALAR, REZINA ZICHLAGICHLAR KABILAR) NISBATAN QO'LLANILMAYDI
Jihoz ishlab chiqarilgan sanani mahsulot qutisidagi identifikatsion stikerda va/yoki mahsulotning o'zidagi stikerda joylashgan seriya raqamidan topish mumkin. Seriya raqami 13 ta raqamdan iborat, 4 va 5-
belgilar jihoz ishlab chiqarilgan oyni, 6 va 7-belgilar jihoz ishlab chiqarilgan yilni bildiradi.
Ishlab chiqaruvchi avvaldan xabardor qilmagan holda jihoz dizayni va texnik xususiyatlariga o'zgartirishlar kiritish huquqini o'zida saqlab qoladi.
Ishlab chiqaruvchi-zavod:
NINGBO SHUNSHUAI ELECTRICAL APPLIANCE CO., LTD
Qunli Country Yangming Street Yuyao City Zhejiang China
Kilingаn Kitаy
Model
Elektr ta'minoti
Quvvati
LU-1027
220-240 V, 50 Gts
1300 W
Netto / brutto og'irligi
Qutining o'lchamlari (U х K х B)
0,31 kg / 0,37 kg
115 mm x 75 mm x 160 mm
26